Afg‘onistonda qo‘lbola portlovchi qurilma portlab ketishi oqibatida AQShlik uch nafar harbiy halok bo‘ldi, yana uch nafari yaralandi, deb yozadi “RIA Novosti” NATOning “Qat’iy ko‘mak” missiyasi saytiga tayanib.
Hodisa 27-noyabr kuni G‘azna shahri yaqinida yuz bergan. Yana bir amerikalik pudratchi ham jarohatlangan.
Jabrlanganlar evakuatsiya qilingan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)