AQSh prezidenti General Motors (GM) avtomobilsozlik kompaniyasidan zavodini yopayotgan Ogayo shtatiga qaytishni talab qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Avvalroq GM xarajatlarni kamaytirish maqsadida Shimoliy Amerikada, jumladan AQSh va Kanadadagi 5 ta zavodini yopishi va 14 ming ishchini qisqartirishini e’lon qilgandi.
“Davlatimiz General Motors’ga ko‘p yaxshilik qilgan. Ular Ogayoga tezroq qaytsa yaxshi bo‘lardi. Biz ularga katta bosim ko‘rsatmoqdamiz”, — deydi Tramp.
Trampning ta’kidlashicha, GM zavodlarini yopishida muayyan modellar yomon sotilayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.
AQSh prezidenti GM rahbariyatini uning talabini bajarmasa, ularni katta muammolar kutayotganini ham aytib o‘tgan.
Izoh (0)