26-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiya Federatsiyasi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Rossiya kun tartibining hamda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuvining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)