26-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarligidagi delegatsiyani qabul qilindi. Bu haqda Kenges matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari A.Hamroyev mehmonlarni tashrif bilan qutlab, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Shuningdek, Janubiy Koreya bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va bu aloqalar bugungi kunda yangi bosqichga ko‘tarilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Pan Gi Mun hududning ekologik sharoitini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga hissasini qo‘shishini aytdi. Samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, 27-noyabr kuni Nukusda “Orolbuyi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash masalasi va bu jarayonda koreys diasporasining roli” mavzusida xalqaro forum boshlandi.
Izoh (0)