• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada qishloqdoshini vahshiylarcha o‘ldirgan 5 kishi 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi

    “Huquq” gazetasida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs va uning sheriklariga nisbatan sud hukmi o‘qilgani haqidagi maqola chop etildi, deb yozadi UZ24. Quyida ushbu maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Xorijga ishga joylashtirish borasidagi qonunchilik takomillashtirilmoqda. Xorijdagi ish beruvchilar bilan mehnat muhofazasidan tortib, turar joy bilan ta’minlashgacha ko‘zda tutilgan shartnomalar tuzilyapti. Rasman ishga otlanganlarga kerak bo‘lsa, manzilga yetib olishlari uchun yo‘l haqi beril­yapti. Biroq, jamiyatimizda tanishlari, yaqinlarining mo‘may daromad orttirish haqidagi puch va’dalariga aldanib, norasmiy xorijga chiqib ketganlar yo‘lkiraga arang pul topib, qaytib kelgan holatlar ham qayd etilyapti.

    Chet elda jinoiy qilmishga qo‘l urgan, qishlog‘iga qaytib kelib, takroran o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etgan shaxs va uning sheriklariga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish sudda ko‘rildi.

    Asatillo (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) norasmiy ishlagani xorijga chiqib ketganlardan biri. U Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘g‘irlik qilib, qamoq jazosiga mahkum qilinadi. Bir yil ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tadi. Ozodlikka chiqqach, o‘zini “kozir” his qilib, o‘sha yurtda ishlayotgan tanish hamyurtlariga tazyiq o‘tkaza boshlaydi. Ishlari, yurish-turishlariga ko‘z-quloq bo‘lib, muammolarini hal qilib berish evaziga “xamir uchidan patir” berib turishni talab qiladi. Sankt-Peterburg shahrida ishlayotgan hamqishlog‘i Omonjonga dam olish kuni qo‘ng‘iroq qi­lib, “Ko‘rishaylik, gap bor”, deydi. Uni yengil avtomobilda qurilishi tugallanmagan kimsasiz binoga boshlab boradi. E, yo‘q, be yo‘q, urib, do‘p­poslaydi. So‘ngra, har oyda yigirma ming rubldan berib turishini, ayt­ganini qilmasa, “holiga maymunlar yig‘lashi”ni aytib, iskanjaga oladi. Uning vajohatidan qo‘r­qib ketgan Omonjon to‘rvaxaltasini yig‘ishtirib uyiga, Bag‘dod tumanidagi Mirzaobod qishlog‘iga qaytib keladi va og‘aynisi Anvardan ukasini chet elda do‘pposlagan zo‘ravonni tartibga chaqirib qo‘yishni so‘raydi.

    Kurash bilan shug‘ullangan, o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega Anvar Sankt-Peterburgdagi hamqishlog‘ini do‘p­poslagan Asatilloga qo‘ng‘iroq qiladi. “Begona yurtda bir-biringga yelkadosh bo‘lib, ahil-inoq yurmaysanlarmi”, deya tanbeh beradi. U esa “Siz aralashmang, gap uqmaslarni nima qilishni o‘zim bilaman”, deb jahl qiladi. Xullas, ikkalasi telefonda bir-birlarini haqorat qiladi. Shundan so‘ng, Asatilloning ko‘ng­lida adovat urug‘i nish otadi. Sankt-Peterburgdan qaytib kelgach, Anvar bilan orani ochiq qilib olmoqchi bo‘ladi. Biroq polvonkelbat yigitga bas kela olishiga ko‘zi yetmay, ko‘pchilik bo‘lib tiz cho‘ktirishni diliga tugib qo‘yadi.

    Anvar savdo-sotiq bilan ro‘zg‘or tebratadi. Mirza­obodlik Siddiqjon kabi kuz oyida Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi konserva zavodiga qatnaydi. Konserva qilinganidan ortib qoladigan olma va bulg‘or qalampiri chiqitlarini xarid qiladi, quritib, Bag‘dod tumanidagi tegirmonlarga naqd pulga sotadi. Anvar galdagi safarida quritib tayyorlangan chiqindilarni saralab, ikki barobar qimmat narxda sotib oladi. Undan keyin Siddiqjon qolgan-qutganini xarid qilib oladi-yu, sifatsizligi tufayli o‘tkaza olmaydi. Zarar ko‘rib, qarz bo‘lib qoladi. Anvar uning qarzini ham to‘lab, zavoddagi ta’minotchi bilan bir o‘zi ishlashni davom ettiradi. Ishni bas qilgan alamzada Siddiqjon kezi kelganda, raqobatchidan o‘ch olishga bel bog‘laydi.

    Buni qarangki, “ko‘r-ko‘rni qorong‘uda topibdi”, deganlariday, ikkala dili qoralar til topishadi. Asatillo qarzini qaytarishni so‘rab borganida Siddiqjon quchoq ochib, qarshi oladi. Dasturxon yozib, to‘rga o‘tqazadi.

    — Haligi ikki yuz dollar zarur bo‘lib qoldi, — deydi Asatillo. — To‘g‘rilab bering…

    — Topish-tutishning mazasi yo‘q, — noliydi Siddiqjon. — Yaramas Anvar oshga pashsha bo‘ldi, — deya Samarqanddagi konserva zavodidan oyog‘i uzilganini unga to‘nkaydi.

    — Ha, umi?! Haddidan oshib ketibdi. O‘zicha “razborshik” bo‘lib olibdimi? Ammo, meni sovunimga kir yuvmabdi. Qo‘­limga tushadi hali…

    Mol-dunyoga hirs qo‘ygan, pul desa o‘zini tomdan tashlaydigan muttahamlarning gapi bir joydan chiqadi. Birovga yomonlikni ravo ko‘rmagan, birini ojizlarga hukmini o‘tkazib tunashdan qaytarmoqchi bo‘lgan, boshqasining qarzini to‘lab, mushkulini oson qilgan Anvarga tish qayraydi. Qasd olishga astoydil chog‘lanadi. Qulay fursatni poylaydi.

    Siddiqjonga hamqishlog‘i Minojiddin murojaat qilib, zarur ish yuzasidan Farg‘onaga borib kelishni so‘raydi. Benzinini quydirib berishni ham va’da qiladi. Siddiqjon Lacetti mashinasida uning oldiga yetib boradi. Yo‘l-yo‘lakay Asatilloni ham uyidan chaqirib oladi. Oltiariqda, yo‘l bo‘yidagi oshxonada tushlik qilishadi. Siddiqjon bilan Asatillo bitta shishani dumalatadi. Farg‘ona shahridagi “Mazza” oshxonasi yonida Minojiddin telefonda tanishini chaqiradi. Uning mashinasida o‘z ishi bilan ketadi. Ortiga qaytib kelgunicha shirakayf Siddiqjon bilan Asatillo Anvarnining tanobini tortib qo‘­yish rejasini pishitishadi. “Minojiddin ishonchli bola, yana ikkita bolani olib, biron xil­vat joyda surobini to‘g‘rilaymiz”, — deydi Asatillo. “Bilingchi, qayerda ekan”. Siddiqjon Anvarning o‘rtog‘i bilan telefonda gaplashadi.

    — Sinfdoshlarning gurungi bugun, — deydi u. — Bu safar Anvar osh qilib beradi.

    — Qaysi choyxonada? — so‘­raydi Siddiqjon.

    — Hali aniq emas…

    Siddiqjon ketma-ket Anvarning bir necha sinf­dosh­lariga qo‘ng‘iroq qilib, oxiri Rishtondagi choyxonalardan biriga borishlarini aniqlaydi.

    — Shahar aylanib, biron joyda tamaddi qilaylik, — deydi ishini bitirib kelgan Minojiddin. Siddiqjon boshini chayqaydi.

    — Boshqa zarurroq ish bor, Anvar yaramasning burnini yerga ishqaymiz.

    — Siz nima desangiz shu, — deya Minojiddin tish qayraganlarga qo‘shiladi.

    Ular kechga yaqin Bag‘dodga yetib keladi. Telefonda bog‘lanib, polvonni yiqitgani qo‘shimcha kuch — Xoldor va Tojidinni ham Lacetti’ga mindirib oladi. Siddiqjon temir yo‘l uzra o‘tgan avtomobil ko‘prigi yaqinida to‘xtab, Anvarning sinfdoshiga qo‘ng‘iroq qiladi. Kechqurun beshovlon Rishtondagi “Bo‘s­ton” choyxonasiga yetib bo­radi. Choyxonada xizmat qilib yurgan yigit xonada o‘tirgan Anvarni chaqirib beradi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra Siddiqjon choyxonadagi uning sinfdoshlari davrasida ko‘z-quloq bo‘lib qoladi. “Zarur ish chiqib qoldi, sizsiz bitmaydi”, deya Asatillo Anvarni old o‘rindiqqa, yoniga o‘tqazib, Lacetti’ni boshqarib ketadi. O‘zining Mirzaoboddagi uyiga yetib borguncha, xorijdaligida telefonda haqorat qilganini eslatadi. Uyiga yetib borgach, to‘rtalasi Anvarni xonaga sudrab kiradi. Asatillo uni devorga suyanib o‘tirib qolgunicha urib, kaltaklaydi. Tashqarida qorovulda turgan Xoldor bilan Tojiddinga qishloqdagi xonadonlardan benzin topib kelishni buyuradi. Behol Anvarni mashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tqazadi.

    Asatillo Minojiddinga “Sen qolib, qon dog‘larini ketkazgin”, — deya buyuradi. Jiyani Mama­yusufga qo‘ng‘iroq qilib, Spark mashinasini berib turishni so‘raydi. Choyxonada o‘tirgan Siddiqjonni chaqirib olib, Lacetti’ning kalitini beradi. O‘zi Spark’­­­ni minib olib, fermer xo‘jaligining kimsasiz dala shiyponi tomon yo‘l oladi. Oyog‘ida arang turgan Anvarni shiypondagi mineral o‘g‘it chuquriga tushirishadi. Asatillo uni urib, yiqitadi. Beton bo‘lagi bilan boshiga urib o‘ldiradi.

    So‘ng­ra Spark’­­da uyiga borib, ketmon va belkurakni oladi. Xonadagi qon dog‘larini yuvib, tozalab qo‘ygan Minojiddin ham u bilan shiyponga keladi. Yer qattiq, jasadni ko‘mgani chuqur qaziy olishmagach, benzin sepib, o‘t qo‘yishadi. Biroq olov o‘chib qoladi. Asatillo uyiga qaytib borib bolta, sellofan olib keladi. Mashina chiroqlari yorug‘ida jasadni bo‘laklarga ajratadi va sellofan qoplarga solib, Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuboradi. Siddiqjon Lacetti’dagi qon dog‘larini ketkazib, hech nima bo‘lmaganday, choyxonaga qaytib, Anvarning sinfdoshlari davrasiga qo‘shilib oladi.

    “Osh pishdi, qayerda qoldi”, — deya sinfdoshlari xonama-xona Anvarni axtaradi. Mashinasi turibdi, o‘zi yo‘q. Uyali telefoniga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilishadi. Bitta kosada osh olib qo‘yib, uy-uylariga tarqalishadi.

    Asatillo jinoiy sheriklarini uylariga eltib qo‘yib, “isini chiqarmaslikni” ta­yinlaydi.

    — Tilingdan tutilmagin. Iz qoldirmadik. Jasadni topisholmaydi.

    Jiyaniga qo‘ng‘iroq qilib, Spark mashinasini uyidan berib yuboradi.

    Qotillik izlarini yo‘q qildik, deya xomtama bo‘lganlar uzoqqa bora olmadi. Oradan sakkiz kun o‘tib, beshovlon birin-ketin hibsga olindi. Sud majlisida inkor etib bo‘lmas dalillar bilan ularning aybi isbotlangach, qasddan birovning umriga zomin bo‘lgan A.S., S.X., M.Q., X.V. va T.D.lar 17 yildan tortib, 20 yilgacha uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etil­di.

    27.11.2018, 11:14   Izoh (0)   172116
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vazirligi Qarshida sodir bo‘lgan YTH oqibatida halok bo‘lganlar oilasiga hamdardlik bildirdi

    27.11.2018, 10:30

    MB: Esdalik tangalar narxi 27-noyabr kuni e’lon qilinadi

    27.11.2018, 10:00

    Pan Gi Mun boshchiligidagi delegatsiya Qoraqalpog‘istonda keldi

    27.11.2018, 09:44

    O‘zbekistonda mol-mulkka bo‘lgan huquqni ishonchsiz ro‘yxatga olgan organlar yetkazilgan zararni qoplaydi

    27.11.2018, 09:17

    FVV: O‘zbekistonda dekabr boshidan haqiqiy qish ob-havosi kirib kelishi kutilmoqda

    27.11.2018, 09:06

    Toshkentda taniqli dizaynerlar o‘z to‘plamlarini namoyish qildi (foto)

    27.11.2018, 08:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UzAutoMotors daromadi keskin kamaydi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 17:07

    Qrimda harbiy texnikani suratga olgan ikki rossiyalik qo‘lga olindi

    Dunyo | 30 iyun, 17:00

    Shavkat Mirziyoyev yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 16:59

    Denovda YTHga uchragan sud raisi 5 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 16:55

    Bollivud aktrisasi Shefali Jarivala “yoshartiruvchi” ukol olganidan so‘ng vafot etdi

    Layfstayl | 30 iyun, 16:50

    O‘zbekistonda zargarlik sohasidagi tadbirkorlarga imtiyozlar berildi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 16:41

    Xitoy Yaponiyadan dengiz mahsulotlarini sotib olishni tiklaydi

    Dunyo | 30 iyun, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 16:16

    Shimoliy Koreyaning birinchi xonimi 17 oy deganda ilk marta omma oldida ko‘rinish berdi

    Dunyo | 30 iyun, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.