O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kecha, 26-noyabr kuni “Shahrisabz – Qarshi” avtomobil yo‘lida og‘ir harbiy texnikalardan iborat kolonna va Lacetti rusumli avtomobili ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur ko‘ngilsiz hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tergov ishlari olib borilmoqda.
“Ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida fuqarolardan og‘ir harbiy texnikalar harakatlanayotgan vaqtda kolonnaga xalaqit bermaslikni, bunday paytlarda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni hamda Yo‘l-patrul xizmati va Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarishlarini iltimos qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)