Mutaxassislar 20 dan ortiq messenjerlarni tahlil qilib chiqib, foydalanuvchilar uchun eng xavfsiz dasturni aniqladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Artezio firmasi ekspertlari tomonidan sinovdan o‘tkazilgan dasturlar orasidan shaxsiylikning yuqori darajasini ta’minlovchi sakkiztasi tanlab olindi.
Sinov chog‘ida 30 ga yaqin ishonchlilik mezonlari e’tiborga olindi, ular orasida ma’lumotlarning shifrlanishi, shaxsiy ma’lumotlarni fosh qilish siyosati, shaxsiy axborot himoyasi darajasi va boshqalar bor.
Artezio talqiniga ko‘ra, eng yaxshi messenjer Signal bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Wickr, uchinchi o‘rinda esa — Telegram joylashdi.
Izoh (0)