Dunyodagi eng yirik onlayn savdo platformasi Amazon texnik xatolik sababli o‘z saytida ba’zi foydalanuvchilarning nomlari elektron pochta manzillarini joylashtirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, sayt foydalanuvchilari kompaniyadan elektron xabar olgan. Xabarda ularning elektron pochta manzili texnik xatolik sababli e‘lon qilingani haqida aytilgan.
Amazon tomonidan ma’lum qilinishicha, hodisa foydalanuvchilarning aybi bilan yuz bermagan va ular o‘z parollarini o‘zgartirishi yoki boshqa biror harakatni amalga oshirishi kerak emas.
Kompaniya tomonidan qayd etilishicha, muammo bartaraf etilgan va bu haqda foydalanuvchilarga xabar berilgan.
Izoh (0)