25-noyabr kuni Qirg‘iziston TIVga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligidan nota kelib tushdi.
Notada Qirg‘iziston tomoni 2018-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlari jangovar tayyorgarligi tekshiruvdan o‘tkazilishi haqida ogohlantirilgan.
“Tekshiruv O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovar holatini baholashga qaratilgan va boshqa mamlakatlar manfaatlariga zid emas”, — deyilgan rasmiy xabarda.
Qirg‘iziston TIV mamlakat rahbariyati va tegishli davlat idoralarini mazkur nota haqida ogohlantirdi.
O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga muvofiq, bugun, 26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi.
Izoh (0)