• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganda qish mavsumi kelmay turib elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

    Namangan viloyatida qish mavsumi kelmay turib elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘payib, viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar soni ortib bormoqda. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Korxonaning “Ishonch telefoni”ga noyabr oyining 12 kuni davomida elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan 840 ta qo‘ng‘iroq qayd etilgan. Ular asosan Namangan shahri, Uychi, Namangan, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda.

    “Kuniga 3-4 marotaba, kamida 2 soatdan o‘chadi. Ustiga-ustak, elektr quvvati ham 220 volt emas, yarmisiga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa kerak, chunki lampochka doim qizarib turadi. Ertalab, endi nonushta qilib, ishga jo‘naydigan paytingiz o‘chadi. Kechki payt ishdan charchab kelib, televizor ko‘raman deganingizda yana shu ahvol”, deydi Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahallasida istiqomat qiluvchi Shahlo Mirzayeva.

    “Namangan tumani markazi Toshbuloqdagi maktablarning birida ishlayman. Maktabda svet yonib-o‘chaverganidan kompyuterlarda ishlashning iloji yo‘q. Plastikdagi pulni nakd kilish uchun bankka borsak, u yerda ham svet yo‘q, turnaqator navbat. Uyni-ku, aytmasa ham bo‘ladi, o‘chib-yonaverganidan elektr priborlarimiz ishdan chiqyapti. Ishdan kech qaytganda qorong‘ida ovqat qilishga to‘g‘ri kelyapti”, deydi ismi-sharifini ochiqlashni istamagan o‘qituvchi ayol.

    Shu tumandagi “Sohibkor” mahallasida yashovchi O‘ktamxon G‘afforovaning aytishicha, elektr kuniga 5-6 marta o‘chib-yonadi, har gal 2-3 soatga. 18 noyabr, yakshanba kuni esa ertalab 9 lar atrofida o‘chgan svet soat 15 dan keyin yongan.

    Uychi tumanining markazdan 3 kilometr uzoqda joylashgan “Gulbog‘” mahallasidagi kottejlarda yashovchi aholi har ikki soatda 2 soatdan svet o‘chayotganidan nolidi. “Namunali uylarda o‘tirsak, uy uchun falon pul kredit to‘lasak, bu nima ahvol?” deya e’tiroz bildirmoqda ular.

    Shu tumanning Yorkatay, Xo‘jaobod, Yorqo‘rg‘on, Chortoq tumanining Muchum qishloqlarida kuniga 8-9 marotaba svet o‘chishi odatiy holga aylandi. Aholi bunga “elektrning ham svetofordan farqi qolmadi”, deya izoh bermoqda.

    Elektr energiyasidagi uzilishlar kasalxonalar, hatto hokimlik idoralarida ham kuzatilmoqda. Namangan shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan, o‘zini Azimjon deb tanishtirgan bemorning aytishicha, 20-noyabr kuni soat 12.00 lar atrofida o‘chgan svet oradan 4 soat o‘tib yongan. Bu yerda kuniga har 3-4 soatda bir marta, kamida bir soatdan o‘chadi.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Tumanlardan biridagi hokimlikning ism-sharifini ochiqlamagan xodimining aytishicha, bu yerda ham elektr ta’minotidagi uzilishlar odatiy holga aylangan.

    “Kompyuterda endi biror ma’lumotni tayyorlab, viloyatga uzatamiz deb turganda svet o‘chadi. Majlisga odam aytgani bezillab qoldik, chunki svet o‘chsa, o‘z-o‘zidan mikrofon ishlamaydi, zal sovib ketadi”, — deydi u.

    “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ taqsimlash-elektr tarmoqlari xizmati boshlig‘i Tohirjon Yusufjonov buni mamlakat issiqlik elektr stansiyalaridan biridagi ta’mirlash ishlari bilan izohladi.

    “Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida ishlab chiqarish quvvati 800 megavatt bo‘lgan blok ta’mirga chiqarildi. Shuning uchun kechki maksimum paytlarida, soat 18.00 dan 22.00 gacha qisqa — 20 daqiqadan 1 soatgacha cheklovlar kiritilmoqda. Bu tadbir uzoq davom etmaydi. Lekin qishning sovuq kunlarida ertalabki va kechki maksimum soatlarida, favqulodda holatlarda ham cheklovlar kiritilishi mumkin”, — deydi Tohirjon Yusufjonov.

    Mutasaddiga ko‘ra, cheklovlar asli elektr tarmoqlari korxonasi uchun ham ovoragarchiliklar va ortiqcha xarajatlarga sabab bo‘ladigan amaliyot. Chunki viloyatdagi podstansiyalarga bog‘langan 300 nafar navbatchi topshiriqqa binoan ularni o‘chirib-yoqadi, navbatchilar bo‘lmagan manzillarga esa brigada yuboriladi. O‘chirib-yoqilaverganidan so‘ng qurilmalarni joriy va mukammal ta’mirlashga ehtiyoj seziladi.

    Tohirjon Yusufjonov olinayotgan elektr energiyasi hajmi oshganini aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida energiya iste’moli ko‘paygani bilan tushuntirmoqda. Uning aytishicha, viloyatda keyingi vaqtda 10 dan oshiq iqtisodiy va sanoat zonalari ishga tushirilgani, ularda o‘nlab yangi korxonalar ish boshlaganini e’tiborga olish zarur.

    Tohirjon Yusufjonov yuzaga kelayotgan muammolarga sharh berar ekan, aholining katta qismi uyni isitish va ovqat qilish uchun elektr energiyasidan foydalanayotgani, shahar sharoitida asosan “issiq pol”, konditsionerlar va isitgichlar qo‘llanayotgani, shuningdek, energiya tejovchi lampalardan foydalanish kutilgan darajada hali ommalashmaganini ta’kidlamoqda.

    Uning aytishicha, kelgusi yili To‘raqo‘rg‘on IESning birinchi navbati ishga tushganidan so‘ng ushbu muammolarning aksari hal bo‘ladi. Bir kunda 21,6 million, bir oyda 648 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan inshoot Farg‘ona vodiysining elektrga bo‘lgan ehtiyojini 60-70 foizga qoplaydi.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”

    Hozircha esa yuzaga kelgan sharoitda Namangan bozorlarida yog‘och-o‘tin va pechkalar savdosi avjiga chiqdi. Pechkalarni holatiga qarab 50 mingdan 100 ming so‘mgacha, ularning karnaylarini esa 6-8 ming so‘mdan xarid qilish mumkin. Bitta motorollyor yoki yengil mashinadagi terak o‘tinlari 200-250 ming so‘m, o‘rik va boshqa mevali daraxtlar o‘tini esa 300-400 ming so‘mdan sotilmoqda.

    Foto: “Turon 24”

    Foto: “Turon 24”
    25.11.2018, 16:20   Izoh (0)   31505
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda fuqaro mast holda avtomashinani boshqarib, yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi

    25.11.2018, 15:27

    Xitoy kompaniyalari Farg‘onada jelatin ishlab chiqaruvchi korxona va zamonaviy mehmonxona quradi

    25.11.2018, 13:40

    Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan navbatdagi “Qizil chiroq!” tadbiri o‘tkazilmoqda

    25.11.2018, 13:21

    Chortoqda ochilgan “Yoshlar mehnat guzari”da 45 kishi ish boshlaydi

    25.11.2018, 13:00

    O‘zbekiston IIV delegatsiyasi Interpol bosh assambleyasining 87-sessiyasida qatnashdi

    25.11.2018, 11:54

    Mohir harbiy uchuvchi Aleksandr Xarlamovning 70 yillik yubileyi nishonlandi

    25.11.2018, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iliya Topuriya — UFC yengil vazn toifasining yangi chempioni (video)

    Sport | 29 iyun, 12:07

    Mashhurlar hayajonni qanday yengadi: Zendaya, Garri Stayls va Megan Marklning shaxsiy usullari

    Layfstayl | 29 iyun, 11:30

    30 yil avvalgi yirik hisobning takrorlanishi, turnir jadvalidagi ilgarilash: “Navbahor” va “Mashʼal” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 29 iyun, 10:51

    Styuardessalar ularni chetlab o‘tadi: samolyotda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan ichimlik va taomlar

    Layfstayl | 29 iyun, 10:40

    “Asr to‘yi”: Jeff Bezosning Venetsiyadagi 50 mln dollarlik nikoh oqshomiga 200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurdi

    Shou-biznes | 29 iyun, 10:15

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.