Toshkent metrosining barcha bekatlarida ichki ishlar xodimlari tomonidan xizmat vazifasining bajarilishi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashi o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda uch bekatda metropoliten IIB xodimlari yuqori postlardan bevosita turniketlarning oldidagi ko‘zdan kechirish hududlari va platformalarga o‘tkazildi.
Shuningdek, yer osti o‘tish yo‘lidan foydalanmoqchi bo‘lgan kishilar emas, faqat metro yo‘lovchilari tekshiruvdan o‘tadi.
Mazkur tartib bosqichma-bosqich Toshkent metrosining boshqa bekatlarida ham joriy etiladi.
Izoh (0)