10-noyabr kuni soat 24:00 larda Termiz shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQG tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan Damas rusumli, 75/029 VSF davlat raqamli xizmat avtomashinasini mast holda boshqarib kelib, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasi A.Navoiy ko‘chasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB AYPXO 1-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori P.Ch.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
P.Ch. olgan tan jarohatlari natijasida 19.11.2018-yilda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining 19.11.2018-yildagi 207-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, P.Ch.ning o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, ko‘plab suyak sinishi jarohatlari, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan 19.11.2018-yilda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)