Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri avtomobilda unutib qoldirilgan hamyonini qaytarib bergan taksichi haqida gapirib berdi, deb yozadi Sputnik.
Yigit kechki payt do‘kondan uyiga taksida qaytgan, xonadoniga kirganidan keyin bir soat vaqt o‘tib, eshigini taksi haydovchisi taqillatib, mashinada qoldirib ketilgan buyumlarini bergan. “Xayriyat, narsalaringiz orasida pasportingiz bor ekan, aks holda sizni topa olmasdim”, — degan haydovchi.
Muallif ishdan charchab kelgan holatda bo‘lgani uchun bunday savob ishdan tili kalimaga kelmay qolganini, taksichiga minnatdorlik bildirishni ham unutib, eshikni yopganini yozgan. Ammo bir necha daqiqadan so‘ng o‘ziga kelib, uydan yugurib chiqqan va insofli haydovchiga minnatdorchilik izhor qilgan.
Izoh (0)