22-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida Tashkent Fashion Week-2018 moda haftaligining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Haftalik doirasida taniqli hind dizayneri Ritu Berining 7 xil rangdagi yangi liboslari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ritu Beri liboslari namoyishiga O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ham tashrif buyurdi.
https://www.instagram.com/p/BqgpXCMhvv6/
Taniqli dizayner o‘zining Instagram’dagi sahifasida O‘zbekistonga safari aks etgan bir nechta foto va videolar joylashtirdi. Xususan, Ritu O‘zbekistonning birinchi xonimi bilan uchrashuvini quyidagicha izohladi:
“Go‘zal birinchi xonim meni o‘zbekka aylantirdi. Qisqa, ammo yodda qoladigan tashrifning mukammal yakuni”.
Izoh (0)