Toshkentda “Malika” bozoridagi do‘konda o‘g‘irlik qilgan va fastfud yemakxonasiga kirgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“Internet tarmog‘ida Shayxontahur tumanida joylashgan ’Malika’ savdo kompleksida joylashgan do‘konda amalga oshirilgan o‘g‘irlik videoyozuvi tarqaldi. Mazkur jinoyatni amalga oshirgan bir guruh shaxslar IIBB jinoiy qidiruv va patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi IIBB xabarida.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilarning shunga o‘xshash boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)