• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘istondagi maktab va bog‘chalar qish mavsumiga tayyormi?

    Adliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bog‘cha va maktablarning qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    “Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi va tumanlar adliya bo‘limlari tomonidan hududlardagi turli ijtimoiy obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganildi. Maktab, litsey, kollej, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari hamda aholi xonadonlaridagi o‘rganishlar jarayonida, afsuski, bir qator qonun buzilish holatlariga ham duch kelindi”, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Masharipov.

    Jumladan, To‘rtko‘l tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19-son maktabda hanuzgacha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmagan. Maktabda mavjud 7 ta qozonxonaning hech biri ishlamayotganini qanday izohlash mumkin? Mazkur ta’lim muassasasidagi 12 ta sinf xonasiga aholi tomonidan hashar yo‘li bilan pech o‘rnatilgan. Qolgan 12 ta sinf xonasini mo‘tadil harorat bilan ta’minlash choralari ko‘rilmagan.

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash haqida tuman hokimligiga taklif kiritildi.

    Beruniy tumanidagi 49-son maktabgacha ta’lim muassasasining isitish tizimi ham zamon talabiga javob bermaydi. Garchi muassasada kontromark isitish pechi o‘rnatilgan bo‘lsa-da, xavfsizlik talablariga rioya etilmagan. Ya’ni isitish pechining yoqish qismi bolalar uxlaydigan xonada joylashgan. Ushbu tumandagi 3-son maktabgacha ta’lim muassasasida ham shunga o‘xshash holat kuzatildi. Bu yerda ham isitish pechining yoqish qismi bolalar uxlaydigan xonada joylashgan.

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim bo‘lim boshlig‘i v.b. A.Davletmuratovaga mazkur holatlarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda kelgusida shu kabi qonun buzilish holatlari ro‘y bergan taqdirda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida yozma ravishda ogohlantirish berildi.

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

    Chimboy tumani 10-son maktabgacha ta’lim muassasasining isitish tizimiga suv qo‘yiladigan joyi (bachok) bolalar uxlaydigan xonada, yanada aniqrog‘i, bolalar uxlaydigan krovat yonida joylashgan ekan. Tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan aniqlangan muammo joyida bartaraf etildi.

     

     

    23.11.2018, 14:38   Izoh (0)   12769
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “Malika” bozoridagi do‘konda o‘g‘irlik qilgan guruh qo‘lga olindi (video)

    23.11.2018, 14:25

    Sirdaryoda bir oilaning hamma a’zolari is gazidan zaharlandi

    23.11.2018, 13:15

    Saratov viloyatida O‘zbekiston fuqarosini asfaltlovchi mashina bosib ketdi

    23.11.2018, 12:33

    Andijonda IIB xodimini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan uch kishi qo‘lga olindi

    23.11.2018, 12:20

    IIBB: Toshkent metrosida xavfsizlikni ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda

    23.11.2018, 11:52

    Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari: O‘zbekiston ta’lim tizimi sovet davridagi tizimga asoslangan

    23.11.2018, 11:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qancha iste’mol qilinsa ham semirtirmaydigan 15 ta foydali mahsulot

    Go‘zallik | 25 avgust, 09:45

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida 300 ga yaqin asirlar almashildi (foto)

    Dunyo | 25 avgust, 09:35

    O‘zbekistonda nomuvofiq mahsulotlar haqida xabar berganlarni moddiy rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

    O‘zbekiston | 25 avgust, 09:22

    Fransiya antisemitizm da’volari yuzasidan AQSH elchisini chaqirtirdi

    Dunyo | 25 avgust, 09:05

    “Rossiya Ukraina hududiy yaxlitligini saqlab qolishini tan oldi” — AQSH vitse-prezidenti

    Dunyo | 25 avgust, 08:40

    Toshkentda deputatlar issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshirilishini ma’qulladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 08:25

    Xitoyda kuryer 30 soat davomida qamalib qolgan ayolni qutqardi

    Dunyo | 25 avgust, 08:10

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.