Moskvaning SSKA klubi sobiq hujumchisi, ayni damda “An-Nasr” klubida to‘p surayotgan Ahmad Musa Nigeriyada yil o‘yinchisi bo‘ldi. Bu haqda futbolchining o‘zi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrinni olish — katta faxr. Mening eng yaxshi bo‘lishimda xizmat ko‘rsatgan terma jamoadagi sheriklarimga va barcha qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat aytaman. Bu sovrin sizlarniki”,—deb yozadi Musa.
Eslatib o‘tamiz, Ahmad Musa 2018-yilning 1-yarmini SSKAda ijara asosida o‘tkazdi. Keyin esa “Lester”dan Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga yo‘l oldi.
Izoh (0)