Tojikistonda Rog‘un gidroelektrostansiyasining birinchi agregati ishga tushirilmoqda. Bu haqda 16-noyabr, juma kuni Euronews xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
GES to‘liq ishga tushirilgandan keyin Markaziy Osiyodagi eng yirik va dunyodagi eng baland GESga aylanadi — uning to‘g‘oni balandligi 335 metrni tashkil etadi. GESning loyiha quvvati — 3,6 ming megavatt.
Mamlakatdagi eng yirik ko‘lamli loyiha eng uzoq qurilgan loyiha ham hisoblanadi. GES uchun tayyorgarlik ishlari 1976-yilda boshlangan. To‘g‘on 1982-yildan 1991-yilgacha qurilgan. Uning qurilishi Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng to‘xtatib qo‘yilgan. 2007-yilda Tojikiston hukumati stansiya qurilishini davom ettirishini ma’lum qilgan.
2008-yildan buyon Rog‘un GES qurilishi loyihasini amalga oshirish uchun 1,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.
Izoh (0)