Italiyada Neapol va Salerno o‘rtasidagi temir yo‘l tunnelida 16-noyabrga o‘tar kechasi sisterna portlab ketdi, oqibatda besh ishchi shikastlandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Portlash chog‘ida tunnelda profilaktika ishlari olib borilayotgan edi. Hodisa natijasida ishchilar avtomobili ham alanga ichida qoldi.
Jabrlangan ishchilardan birining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Ayni paytda tunnel orqali harakat to‘xtatildi. Reyslar vaqtinchalik boshqa yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Izoh (0)