Kongo demokratik respublikasida maxsus operatsiya davomida 8 nafar BMT tinchlikparvari halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ulardan 7 nafari Malavi, bir nafari Tanzaniya vakili edi.
Tinchlikparvarlar 300 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Kididive shahriga hujum chog‘i yo‘qotishlarga duch keldi. Mazkur aholi punkti Ittifoqdoshlar demokratik kuchlari guruhi (ADF) jangarilari tomonidan qo‘lga olingan.
Izoh (0)