Hindiston janubi-sharqidagi Tamilnand shtatida kuzatilayotgan Gaja sikloni qurbonlari soni 20 kishiga yetdi, deb xabar berdi “TASS”.
Avvalroq 11 kishining halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Ushbu shtatga 15-noyabr kuni kechasi siklon yopirildi.
Siklon Bengal ko‘rfazidan harakatlanmoqda. Unga kuchli shamol va yomg‘ir hamrohlik qilmoqda.
Siklon yaqinlashayotgan tumanlardan 76 mingdan ko‘proq kishi evakuatsiya qilingan. Ular uchun oltita okrugda 300 ta vaqtincha yashash markazlari tashkil etilgan.
Siklon elektr tarmoqlari faoliyatiga putur yetkazgan, ko‘plab temir yo‘l marshrutlari reyslari bekor qilingan. Qirg‘oqqa yaqin hududlardagi maktablar yopilgan, aksariyat tashkilotlar ishlamayapti.
Izoh (0)