Ingliz tilidagi “toxic” so‘zi Oksford lug‘ati talqini bo‘yicha yil so‘zi deb tan olindi. Mazkur so‘z “zaharli”, “zaharlovchi” kabi tarjima qilinadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, so‘z lotin tilidan kelib chiqqan. Lotin tili esa o‘z navbatida uni grek tilidan o‘zlashtirgan.
Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda mazkur so‘zning ma’nosini ko‘rish 45 foizga o‘sgan.
Unga alohida qiziqish Sergey va Yuliya Skripal bilan yuz bergan hodisadan keyin ortgan. Ular asab tizimini falaj qiluvchi modda bilan zaharlangan.
Izoh (0)