YXHTning Ukrainadagi maxsus monitoring missiyasi Donbassdagi Volodar tumaniga C-300 kompleksi tashlanganini qayd etdi. Bu haqda Rossiyaning YXHTdagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Minsk shartnomasining quroollanishni rad etish haqidagi bandi hamda Aloqa guruhining kuchlar va vositalarni tarqatib yuborish haqidagi doiraviy qarorini qo‘pol ravishda buzmoqda.
Doimiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvchilar 1—12-noyabr kunlari nazorat chizig‘ini buzgan Ukraina qurolli kuchlarining 24 ta harbiy texnikasini qayd etgan. Bundan tashqari, kuzatuvchilar kuchli C-300 kimplekslarini ham qayd etgan.
Izoh (0)