SAS-Tobe Technologiyes oxirgi salkam ikki oy davomida O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali 1500 tonna sement sotgan va bu yerda akkreditatsiyadan o‘tgan ilk Qozog‘iston kompaniyasi bo‘ldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Kompaniya ishlab chiqarilayotgan mahsulotining 50 foizini O‘zbekistonga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu yiliga 250 ming tonna sementdan iborat.
O‘zbek korxonalari vakillari bilan uchrashuv davomida 5 ta beton ishlab chiqaruvchiga oyiga 10 ming tonnadan sement yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Izoh (0)