LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy bolsheviklar yetakchisi Vladimir Leninning jasadini ko‘mish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq Leningrad viloyati qonunchilik majlisi deputati Vladimir Petrov Lenin jasadini ko‘mish bo‘yicha maxsus komissiya tuzishni taklif qilgandi. Petrovga ko‘ra, inqilob yetakchisini vasiyatiga binoan dafn etish va Lenin vafot etganiga 100 yil to‘ladigan 2024-yilda vidolashuv marosimini o‘tkazish lozim.
“Leninning Qizil maydondagi jasadi birinchi galda uning o‘zini tahqirlash. Uning onasi dafn etilishini so‘rab yolvorgan, yaqin safdoshi Troskiy jasad barchaga ko‘z-ko‘z qilinishiga butunlay qarshi bo‘lgan. Ilichning tanasini tuproqqa qo‘yish mavridi keldi. Buning uchun eng yaxshi joy Ulyanovskdagi otasining yoki Sankt-Peterburgdagi onasining qabri”, — deya ta’kidladi Jirinovskiy.
Izoh (0)