Bishkeklik qiz ko‘prikdan sakrab o‘zini o‘ldirishga urindi, deb xabar beradi KNews poytaxt IIBBga tayanib.
14-noyabr kuni “102” pultiga bir qiz ko‘prikdan Katta Chuy kanaliga o‘zini tashlamoqchi ekanligi haqida xabar kelib tushdi.
Pervomay tumani militsiyasi uchastka inspektorlari ko‘prikka yetib borganida qiz suvga sakradi. Xodimlar esa uning ortidan suvga tushdi. Qizga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)