Londonning “Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen “Real” a’zosi Garet Beylni “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda “Barselona” forvardi Lionel Messi bilan qiyosladi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
“Beyl top-futbolchi. Dunyoda hech kim Messi va Ronaldu darajasida o‘ynayotgani yo‘q. Garet esa ularga juda yaqin o‘yin ko‘rsatayotgan o‘yinchilar guruhiga kiradi. Beyl anchadan beri “Real”da muvaffaqiyatli to‘p surmoqda. Messi va Ronaldu bilan solishtirish borasidagi savolning o‘ziyoq Garetning ularga yaqin darajada ekanligidan dalolat beradi. U har qanday jamoaga qandaydir o‘ziga xoslikni bera olishi mumkin. Beyl juda tezkor, har doim bir nechta golni kafolatlashga qodir”,—deydi Eriksen.
Ma’lumot uchun, Garet Beyl vaqtida “Tottenhem” jamoasida to‘p surgan.
Izoh (0)