15-noyabr, payshanba kuni dunyoning ko‘plab terma jamoalari FIFA kunlari doirasida o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.
Xususan, Osiyo qit’asi vakili Eron terma jamoasi Trinidad va Tobago termasiga qarshi bahs olib boradi. Kuvayt esa Bahraynga qarshi maydonga tushadi.
JCh—2014 chempioni Germaniya 2018-yilgi mundial mezboni Rossiya bilan kurashga kirishadi. Angliya terma jamoasi esa AQSh termasi bilan hisob-kitob qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Brisben shahrida Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
15-noyabr, payshanba
Falastin – Pokiston 18:00
Eron – Trinidad va Tobago 19:30
Kuvayt – Bahrayn 21:00
Polsha – Chexiya 22:00
Isroil – Gvatemala 23:15
Germaniya – Rossiya 00:45
Irlandiya – Shimoliy Irlandiya 00:45
Angliya – AQSh 01:00
Peru – Ekvador 06:30
Izoh (0)