Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida MRBning sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi zaharlanganidan keyin yopilgan Zizzi restorani o‘z ishini qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, restoran sakkiz oy avval yopilgan. Bunga Skripal va uning qizi zaharlangan kuni mazkur restoranda tushlik qilgani sabab bo‘lgan.
Uzoq tanaffusdan keyin restoranga hodisadan avval ishlagan 24 nafar xodimning yarmidan ko‘prog‘i qaytib kelgan. Restoran yopiq bo‘lgan vaqtda ma’muriyat o‘z xodimlariga to‘liq ish haqi to‘lagan, ularning bir qismi tarmoqning boshqa restoranlariga ishga o‘tgan.
Izoh (0)