Rossiyaning ko‘p vazifali beshinchi avlod “Su-57” qiruvchilari “An-12” harbiy-transport samolyotidan tasvirga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Videoda ikkita qiruvchi samolyotning Astraxan viloyatidagi parvozi aks etgan.
Xabar berilishicha, beshinchi avlod qiruvchisining “kosmik” tashqi ko‘rinishi boshqa samolyotlardan keskin farq qiladi.
“Su-57” Rossiyaning beshinchi avlod ko‘p vazifali qiruvchi samolyoti bo‘lib, havo, yer va suv ostidagi nishonlarni yo‘q qilishga, uzoq razvedkalarga, shuningdek, dushmanning aviatsiya boshqaruvi tizimini buzishga mo‘ljallangan. Rossiya harbiy-kosmik kuchlari 12 ta samolyotdan iborat partiyani 2019-yilda qabul qiladi.
Izoh (0)