O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2018-yilning 8 oyi davomida 54,1 foizga oshib, 268,4 million dollarga yetdi. Bu haqda Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Yuriy Savchenko ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
“Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi oshib bormoqda va bu eng yuqori ijobiy baholarga loyiq. Bu yil Ukraina eksportining o‘sishi o‘tgan yilgi o‘zbek eksportidan sur’ati balandroq. Asosan shakar va boshqa tovarlar tufayli”, — deya qayd etdi elchi.
Yanvar—avgust oylari yakuni bo‘yicha Ukrainaning O‘zbekistonga eksporti 187,4 million dollarga yetdi (+83,6 foiz), Kiyev tomonidan o‘zbek mahsulotlarining importi esa 81,1 million dollardan oshdi (+12,4 foiz).
Ukraina O‘zbekistonga asosan farmatsevtika va oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, turli jihozlar yetkazib bermoqda.
Izoh (0)