• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkentda qayd etildi

    Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir oilaning 4 nafar farzandi is gazidan zaharlanib voqea joyida vafot etgani jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Keyingi paytlarda bunday voqealar ko‘paygani, bu holatlarga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotgani haqida gapirilmoqda. Bu haqda jurnalist Gulnoza Boboyeva fikr yuritgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekistonda gaz asbob-uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish, gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq 21 ta holatda 51 kishi jarohatlangan va 15 kishi vafot etgan.

    Maishiy gaz ballonlar bilan bog‘liq 10 ta holatda 10 kishi jabrlangan, 7 kishi vafot etgan. Is gazi bilan bog‘liq 32 holatda 53 nafar odam jarohatlangan, 35 kishi vafot etgan. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida bo‘lib, iz gazidan 11 kishi vafot etgan.

    O‘rganishlar, tahlillar ko‘rsatmoqdaki, bunga asosan fuqarolarning qo‘lbola isitish pechlari, gaz chiqib ketishi mumkin bo‘lgan nosoz yoki rezina shilangli gaz uskunalaridan sovuqqonlik bilan foydalanishi sabab bo‘lmoqda.

    Ba’zi bir xonadon egalari gaz xo‘jaligi korxonalari xodimlarini xonadonlariga kiritmaslik holatlari uchramoqda. Natijada foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan gaz jo‘mraklari va uskunalaridan gaz sizib chiqishi kuzatilmoqda va bu og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda. Oxiri o‘lim bilan tugamoqda, katta-katta miqdorda moddiy zarar yetkazilmoqda.

    Aholi xonadonlarida nostandart suv isitish qozonlari, sertifikati bo‘lmagan isitish pechlari o‘rnatib, ulardan yasama dudburonlar orqali foydalanishi, gaz plitalari duxovkasini xonalarni isitish maqsadida yoqib qo‘yish, gaz asboblarini gaz tarmoqlariga rezina shlanglar orqali ulab olish natijasida gazdan bo‘g‘ilish, zaharlanish, yong‘in va portlash kabi baxtsiz hodisalar soni ko‘payib bormoqda.

    Ularning oldini olish, aholi xonadonlarini xavfsiz isitish, maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanish qoidalarini aholiga keng miqyosda tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida joriy yilning 1 noyabrida Vazirlar Mahkamasining “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Ushbu qaror bilan aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini o‘rganish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflar tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etildi. Aholi turar joylaridagi isitish qozonlari va pechlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya etilishi holatini tizimli o‘rganish hamda mavjud muammo va nosozliklarning bartaraf etilishini ta’minlash bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etildi.

    “O‘ztransgaz” AJ, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasiga Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda aholi xonadonlarining ichki gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalarning texnik taftishdan o‘tkazilishini va ularga profilaktika xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash vazifalari topshirildi.

    Endi ko‘p kvartirali uylarda gaz plitalari (boshqa gaz priborlari mavjud bo‘lmaganda) ikki yilda bir marta, turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari bir yilda bir marta texnik taftishdan o‘tkaziladi, har yili isitish mavsumidan oldin ularga profilaktik xizmatlar ko‘rsatiladi. Turar joylardagi dudburonlar va ventilyatsiya kanallari har yili isitish mavsumidan oldin tekshirilib, ularning sozligi tegishli dalolatnomalar bilan qayd etiladi.

    E’tibor berilsa, tabiiy gaz, is gazi bilan zaharlanish aksariyat holatlarda nosoz yoki standart talablariga javob bermaydigan uskunalardan foydalanish oqibatida kelib chiqmoqda. Shu sababli qarorda davlat soliq qo‘mitasiga qo‘lbola yasalgan nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoxobchalarida sotilishining oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish vazifasi topshirildi.

    Oddiy hayotiy haqiqat shuki, hukumat va tegishli idoralar tomonidan aholi xavfsizligi hamda tinchligini ta’minlash uchun har qancha harakat qilinmasin, fuqarolarning o‘zi bu borada tegishli tushunchalarga ega bo‘lmasa va xavfsizlik chora-tadbirlariga yaqindan yordam bermasa, bunday mudhish hodisalarning oldini olish oson bo‘lmaydi.

    05.11.2018, 23:35   Izoh (0)   19700
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar IIBB doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan kishilarga yordam taklif qilmoqda

    05.11.2018, 23:33

    O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari tashkil etiladi

    05.11.2018, 23:20

    O‘zbekiston Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etdi

    05.11.2018, 22:43

    Samarqandda Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

    05.11.2018, 22:32

    Qurolli Kuchlar akademiyasi huzurida ilmiy daraja berish yopiq kengashi tuzildi

    05.11.2018, 20:53

    O‘zbekistonlik quruq meva ishlab chiqaruvchilari Fransiyada 12,5 mln dollarlik shartnomalarni imzoladi

    05.11.2018, 20:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Doktor Haus qayerda yashashini bilarmidingiz: mashhur seriallardagi ko‘pchilik e’tibor bermagan detallar

    Kino | 13 avgust, 10:31

    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

    Reklama | 13 avgust, 10:30

    UFC prezidenti Dana Uayt Oq uyda UFC turniri o‘tkazilishini rasman tasdiqladi

    Sport | 13 avgust, 10:23

    “Hindiston bizning bir tomchi suvimizni ham tortib ololmaydi” — Pokiston Bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 10:05

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:46

    La Liganing 2025/26-yilgi mavsumida “Barselona” g‘alaba qozonadi — Opta

    Sport | 13 avgust, 09:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.