• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etmay shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari nega qayta ko‘rib chiqildi?

    Joriy yil 22-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining 850-son qarori e’lon qilingan edi. Jamoatchilik tomonidan eng ko‘p muhokama etilgan mavzulardan biriga aylangan hujjat haqida jurnalist Behzod Shukurov fikr yuritgan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mazkur qaror yakka tartibdagi ayrim tadbirkorlarga 2018-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini davom ettirishi uchun yuridik shaxs tashkil etishni majburiy qilib qo‘ydi.

    Soddaroq qilib aytganda, qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan, alyuminiy (plastik) profillardan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar endi yuridik shaxs tashkil etishi, xalq tili bilan aytganda, firma ochishi shart. Sababi bu yo‘nalishlardagi faoliyat turlari xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatidan chiqarildi.

    Tadbirkor deganda shaxsan mening ko‘z o‘ngimda harakatchan, doim yangilik yaratishga intiladigan, bir so‘mini ikki so‘m, bir xodimini ikki xodim, bitta mahsulot turini ikkita mahsulot turi qilish payida yonib yashaydigan odam gavdalanadi. Oddiy hayotiy kuzatishlarimga qaraganda yo‘qdan bor qilish, kichikni kattalashtirish, boshqalar bir yilda qiladigan ishni bir-ikki oyda, balki undan ham tez bitirish xususiyatiga ega bo‘lgan kishi tadbirkor bo‘ladi.

    Buxorolik Jobir degan bir yigitni taniyman. Ko‘p emas, 5-6 yil avval “Otchopar”da aravakashlik qilardi. Sekin-asta olib sotishni boshladi, keyinroq olib kelishni boshladi, hozir o‘zi ishlab chiqaradi. Endi o‘ziga o‘xshab “Ippodrom”da arava tortgan yuzlab yigitlar uning qo‘lida ishlaydi. Suhbatlashsangiz, besh yillik, o‘n yillik rejalarini aytadiki, eshitib, “Shu ishlarni qilib bo‘ladimi?” deysiz. Lekin u hammasini uddalaydi.

    U arava tortib yurganda shunchaki yollanma ishchi edi. Keyinchalik savdogar, ya’ni yakka tartibdagi tadbirkor bo‘ldi. Chetdan mahsulot olib kela boshlaganida ikki-uch odamni ishlatdi. Bugun esa u katta bir firmaning egasi. Bozor shafqatsiz. Hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Jobir ham bu orada necha marta “bankrot” bo‘lgani va yana qayta oyoqqa turib ketgani uning o‘ziga ayon. Lekin aslo ortga qaytmagani uchun bugun shunday natijalarga erishdi.

    Endi bevosita masalaga qaytadigan bo‘lsak, davlat avval boshdanoq yuqoridagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun faqat yuridik shaxslarga ruxsat berishi mumkin edi. Lekin unday bo‘lmadi. Bu sohada tadbirkorlarga katta imkoniyat yaratib berildi. Natijada shu sohalarda minglab tadbirkorlar paydo bo‘ldi hamda o‘z ishini yo‘lga qo‘ydi. Endi ular aslo ortga qaytmaydi va o‘ylaymanki, faoliyatini yanada rivojlantirish harakatida.

    Amaldagi qonunchilikka asosan xususiy tadbirkorlar chakana savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi jami 81 ta faoliyat bilan yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi, bir nafardan uch nafargacha xodimni yollab ishlatishi mumkin. Misol uchun, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanganda bir nafar, maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanganda uch nafargacha, faoliyatning boshqa turlari bilan shug‘ullanganda ikki nafargacha xodimni yollab ishlatishiga ruxsat etilgan.

    Lekin, keling tan olaylik, qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkorlar ularni transportga yuklash, tashish, tushirish, qadoqlash, qo‘riqlash va sotishni bir nafar yollanma ishchi bilan bajara oladimi? Shuning uchun ular qonunchilikda belgilanganidan ortiqcha xodimlarni yollab, norasmiy ishlatishga majbur bo‘lyapti.

    Ikkinchidan, alyuminiy (plastik) profillardan eshik, deraza va boshqa buyumlarni tayyorlash uchun kattagina bir sex kerak. Yirik uskunalar, stanoklarni ishlatmasdan turib bu ishlarni qilib bo‘lmasligini isbotlab o‘tirishga hojat yo‘q. Xomashyo materiallari va tayyor mahsulotlarni ortish, tashish, tushirish va o‘rnatish uchun ko‘p ishchi kuchi talab etilishini hammamiz bilamiz yaxshi bilamiz. Natijada bu yo‘nalishdagi yakka tartibdagi tadbirkorlar ham xodimlarni norasmiy yollab ishlatishiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Endi bir o‘ylab ko‘raylik. Yakka tartibdagi tadbirkor shuncha odamni ishlatyapti, ularga oylik maosh berib, ro‘zg‘orini obod qilyapti. Endi qilayotgan shu ishini qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazib, yuridik shaxs tashkil etadi va qo‘lida norasmiy ishlayotgan odamlarni rasman ishga qabul qiladi va ularga qonun doirasida ish haqi to‘laydi. Bu axir biznesimni rivojlantiraman, yiriklashtiraman, katta-katta loyihalarni amalga oshiraman deb yonib yashayotgan tadbirkorga bir imkoniyat aslida. Bundan tashqari bu yerda faqat bitta tadbirkorning emas, uning qo‘lida ishlayotgan qanchadan qancha yollanma ishchilarning manfaati bor. Shunday ekan, yuridik shaxs tashkil etishning nimasi yomon?

    Aslida yakka tartibdagi tadbirkorning qo‘lida ishlayotgan norasmiy yollangan xodimlarning mehnat muhofazasi va mehnat xavfsizligiga umuman kafolat yo‘q. Mehnat stajlari yuritilmasdan, ijtimoiy muhofazasi, kelgusida pensiya ta’minoti kafolatlanmasdan qolmoqda. Ertaga ularning hayotiga, taqdiriga kim javob beradi? Pensiya ta’minotining kafolati bormi? Kim bu mas’uliyatni zimmasiga oladi? Kuch-quvvati borida ishlatgan tadbirkor keksayganda ham uni boqadimi?

    “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra yuk ortish va tushirish ishlari og‘ir va xavfli ishlar toifasiga kiritilgan. Ish jarayonida bir xodimning doimiy ko‘taradigan yuk og‘irligi 15 kilogrammdan va ish smenasi davomida jami ko‘taradigan yuk og‘irligi 870 kilogrammdan oshmasligi kerak. Axir qurilish mollari bilan savdo qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorning qo‘lida ishlaydigan yollanma ishchilar bir kunda tonnalab yukni ortadi, tushiradi, tashiydi. Ularning qanchasi bel og‘rig‘i, disk churrasi bilan bog‘liq kasalliklarni orttirib olgan. Xo‘sh, uning salomatligiga kim javob beradi? Norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani, ish beruvchi bilan rasmiy shartnoma tuzmagani uchun uning manfaatlarini hatto sud ham himoya qilolmaydi. Chunki sudga isbot kerak, dalil kerak, fakt kerak, hujjat kerak. Norasmiy yollanma ishchida ular bormi?

    Yuqoridagi barcha holatlar hisobga olinib, hukumat xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi.

    Vazirlar Mahkamasining qarori bilan shu kabi 17 ta faoliyat turlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va 2 ta faoliyat turi faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Bu esa yuridik shaxs maqomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchilar uchun qulayliklar yaratish, yollanib ishlayotgan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, xodimlarning mehnat muhofazasi, ijtimoiy muhofazasi va boshqa huquqlarini ta’minlaydi. Bunday ishlardan davlat ham, jamiyat ham, tadbirkor ham, uning qo‘lida ishlayotgan yuzlab, minglab ishchilar ham birdek manfaatdor bo‘ladi.

    05.11.2018, 23:50   Izoh (0)   19611
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda hadis ilmi maktabi tashkil etildi

    05.11.2018, 23:45

    O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq eng yuqori ko‘rsatkichlar Toshkentda qayd etildi

    05.11.2018, 23:35

    Toshkent shahar IIBB doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan kishilarga yordam taklif qilmoqda

    05.11.2018, 23:33

    O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari tashkil etiladi

    05.11.2018, 23:20

    O‘zbekiston Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etdi

    05.11.2018, 22:43

    Samarqandda Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

    05.11.2018, 22:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.