“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘zining Moskva reyslarining barchasini “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga ko‘chirdi. 28-oktabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi Toshkentdan “Vnukovo” aeroportiga ilk reysni amalga oshirdi.
O‘zbek aviakompaniyasining “Vnukovo”dagi ilk samolyoti suvli arka bilan kutib olindi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, “Vnukovo”da “Toshkent—Moskva” reysidan chiqqan birinchi yo‘lovchi Sherzodbek Sariqov bo‘lgan, “Moskva—Toshkent” reysiga chiqqan ilk yo‘lovchi esa O‘ktam Hakimov bo‘ldi. Ularning har ikkisiga aeroport va aviakompaniya tomonidan esdalik sovg‘alari topshirilgan.
Izoh (0)