Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy partiyadan Rossiya parlamentiga saylangan bir guruh deputatlar bilan birga 2-noyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
“ForSMI.ru” sayti xabariga ko‘ra, RLDP yetakchisi 2-noyabr kuni Buxoroda Sitorai Mohi Xosa saroyi va ipak matolar ustaxonasiga boradi.
3-noyabr kuni esa Vladimir Jirinovskiy Buxoro shahridagi mahalliy bozorlardan biriga borib, sotuvchi va xaridorlar bilan muloqot qiladi.
Izoh (0)