Amerika iqtisodiyotida erishilgan muvaffaqiyatlardan so‘ng, Rossiya AQShdan yordam olish niyatida. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Illinoys shtatidagi o‘z tarafdorlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
Trampning ta’kidlashicha, u o‘zining prezidentlik davrida Amerika iqtisodiyotini rivojlantirishga erishdi, shu munosabat bilan ko‘plab mamlakatlar AQShdan iqtisodiy yordam olish niyatida.
“Rossiya bizdan iqtisodiy yo‘nalishda yordam olmoqchi. Chunki biz shunday boylikka erishdik va men haqiqatan ham yaxshi ishladim — 11,7 trillion dollar. Rossiya bizdan yordam kutyapti, hamma bizdan yordam kutyapti”, — dedi Tramp.
AQSh prezidenti rasmiy Moskva aynan qaysi sohalarda AQShdan yordam xohlayotganiga aniqlik kiritgani yo‘q.
Izoh (0)