Rossiya qamoqxonalarida 2018-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 27 780 nafar chet ellik jazo o‘tamoqda. Bu haqda Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmati ma’lum qildi.
2017-yilning birinchi yarmi bilan taqqoslaganda, Rossiya qamoqxonalaridagi chet elliklar soni 5,5 foizga kamaygan.
Qayd etishlaricha, Rossiya qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan chet elliklarning eng ko‘pi Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston fuqarolaridir.
Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenovning aytishicha, Rossiya qamoqxonalaridagi chet elliklar soni Rossiya kelayotgan migrantlar soni qisqargani bois kamaygan.
Izoh (0)