Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida shu yil 27-oktabr kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi O.R. Matiz rusumli avtomashinasini “Navoiy—Zarafshon” yo‘lining 40-km da haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay avtomashina bilan yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada haydovchi O.R. va 3 nafar yo‘lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)