Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi ko‘p tarmoqli “Saidnazar-Alinazar” fermer xo‘jaligi rahbari Alinazar Imomnazarov qovoqning yangi navini yetishtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Qayd etilishicha, fermer yetishtirayotgan yangi navli qovoqlar 40-45 kg tosh og‘irligiga teng.
“Sakkiz gektar yer mevali daraxtga to‘la. Tuproqdan aql bilan bilan foydalanish kerak, shu boisdan egatlar orasida sabzavotlar va qulupnay yetishtiraman. Qovoq yetishtirishni esa bir vaqtlar otam boshlagan. U menga qovoq parvarishlashning usullarini o‘rgatgan. Katta va uning ustiga mazali mahsulotni yetishtirish — bu butun boshli fan. Bunda o‘z vaqtida sug‘orish, quyosh nuri va boshqa omillar ham muhim o‘rin tutadi”,—deydi Alinazar Imomnazarov.
Izoh (0)