Farg‘ona viloyati Beshariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
Avval Buvayda tumani ichki ishlar boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan mayor Abdumannon Asqarov Beshariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Qayd etilishicha, bugungacha bu lavozimda Baxtiyorjon Najmiddinov ishlagan. Uning nima sababdan vazifasidan chetlatilgani hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)