Jizzax shahridagi “Ip yiguruv” fabrikasi 81 milliard so‘mdan ziyod narxga baholangan mol-mulk xatlandi, deb yozadi Spot.
Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 6-iyul hamda Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 26-iyuldagi ijro varaqalariga asosan “ELEGANS TEKS” qo‘shma korxonasidan soliq qarzdorligi uchun mos ravishda 2 milliard 935 million 617 ming 686 so‘m va 616 millionn 40 ming 415 so‘m jami 3 milliard 551 million 658 ming so‘m qarzdorning mol-mulkiga qaratish bo‘yicha qaror chiqarilgan.
Shunga asosan, Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar davlat ijrosi tomonidan qarzdorning Jizzax shahar, Ko‘tarma MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 7-uyda joylashgan “Ip yiguruv” fabrikasi xatlangan.
Mazkur bino mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan 81 milliard 599 million 970 ming so‘mga baholangan.
Izoh (0)