Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev ikki marta xalqaro, bir marta viloyat va bir marta respublika olimpiadalari g‘olibi 14 yoshli Doniyor Ismoilov va uning onasi Lobar Rahimova bilan shaxsan uchrashdi. Uchrashuvda uy-joy muammosi qiynayotgan oilaga joriy yilning 31-dekabriga qadar yangi uy qurib berilishi belgilandi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
Bundan tashqari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Doniyor Ismoilovga noutbuk hadya qiladi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi shaxsiy kutubxona yaratib beradi.
Izoh (0)