So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12195.1
    • RUB 126.67
    • EUR 12921.93
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Buxorolik o‘quvchi Doniyor Ismoilov bilan xorijlik mutaxassislar qiziqmoqda

    23.10.2018, 10:34 77224

    O‘zAda Doniyor Ismoilov bilan xorijlik mutaxassislar qiziqishayotgani haqidagi maqola chop etildi. Quyida ushbu maqolani batafsil o‘qiysiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Buxoro viloyati qishloqlarining birida yozda chang-to‘zon, qishda loy kechib, katta bo‘lgan Ruslan Sharipov bugun dunyo yetakchi olimlari bilan hamkorlikda fizika-matematika sohasida kashfiyotlar qilmoqda.

    Bir necha yillar avval u birdaniga Moskva davlat universitetining 3-bosqichiga qabul qilingan va keyinchalik tadqiqotlarini shu davlatda olib borgan. U bugungi ixtirolarini O‘zbekiston uchun yaratishi ham mumkin edi. Lekin...

    Afsus og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan yigitni yuqoridagilar payqab, uni qo‘llagunlaricha xorijliklar bu noyob iste’dod egasini “ilib” ketishdi.

    Bugun O‘zbekistonning yana bir matematika bo‘yicha chempion yigiti Doniyor Ismoilovga xorijlik mutaxassislar qiziqishmoqda. Muxbirlar Doniyorning uyida bo‘lib, sharoitlari bilan tanishdi, chempionning onasi bilan suhbatda bo‘ldi.

    Chempionning uyi

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qurtlagan tom, ag‘anayotgan uy, cho‘l o‘rtasidagi faqirona hayot tuman hokimliklariga normal sharoit bo‘lib ko‘ringanga o‘xshaydi. Doniyorning uyi Qoraun qishlog‘ining eng chekkasida joylashgan. Ag‘anay deb turgan ikki xonali uy tomlari yog‘och va qamishlardan iborat bo‘lib, u yog‘ingarchiliklarga yaroqsiz holatga kelib ulgurgan. Xonadon egasi shiftni qurtlab ketganini aytadi. Ikki xonali uyda bir ikki buyum va sandiq to‘la kitoblardan bo‘lak tayinli bir jihozning o‘zi yo‘q.

    Uy shifti burchagidagi o‘pirilgan joy mato bilan berkitilgan. Unniqqan sholchalar, ko‘rpachalar, qiyshayib ketgan romli derazalar... Endi bu uyda qishlashni tasavvur qilavering. Uy to‘rida turgan yangicha televizor tuman hokimligining sovg‘asi. O‘tgan yili tuman hokimligi sovg‘a qilgan televizorni Doniyorning onasi 750 ming so‘mga – o‘g‘lining chempionatga qatnashishi uchun sotib yuborgan. Uy egalari 15 sotix yerga ega. Lekin, bu yerdan rasmana foyda olish uchun avval unga pul sarflash lozim. Xonadon egasining esa bunga imkoniyati yo‘q. Bundan tashqari, Qoraun qishlog‘ining aksariyat yerlari o‘ta sho‘rlangan bo‘lib, dehqonchilik uchun yaroqsiz. Suv ham muammo, ammo hokimiyat xonadon egalari 15 sotix yerga egaligini shama qilmoqda. Go‘yoki ular tayyor yerdan foydalanib, daromad olmayotgandek.

    Maqoladan so‘ng

    Saytda bu haqida maqola e’lon qilingach, uyni tuman hokimligi borib o‘rgangan. Hokimlik vakillarini “haqiqatan bu oila yordamga muhtojmi?”, degan savol qiynagan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Chempion bolaning onasi Lobar Rahimova tuman hokimligi uylarini ta’mirlab, tomini shifer bilan yopishga va’da berganini aytadi. Ammo Lobar ayaning aytishicha, “bu uy tomidagi yog‘ochlar chirigani bois shiferni ham ko‘tara olmaydi. Agar shifer qilinsa uy ag‘anab ketishi aniq”. Endi o‘zingiz bir tasavvur qiling, biz yuqorida tasvirlagan uyni ta’mirlash kerakmi yoki tamomila buzib boshqa qurgan afzalmi?

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yana bir savol qiynaydi, chempion bola haqida maqola e’lon qilinmaguncha nega tuman hokimligi bu oilaga befarq bo‘lib kelgan. Ular ko‘rsatgan yordam, ikki dona televizordan iborat, xolos. Hokimiyatning bu kichik yordami bilan oilani og‘ir ahvoldan qutqarib bo‘lmaydi. Yurtimiz kelajagi uchun naqadar zarur bo‘lgan iqtidorli bolalarga munosabat shumi? Doniyor Ismoilovning maktabga qatnashga ham imkoni yo‘q. Qoraun qishlog‘idan tuman markaziga borish uchun transportning o‘zi yo‘q, yaqin orada bo‘lishiga ham ishonish qiyin. Doniyorni-ku, maxsus maktab internatga kam ta’minlangan oila farzandi sifatida to‘lovsiz o‘qishga olishgan, lekin boshqa bolalar-chi? Doniyor bu qishloqning yagona maktab o‘quvchisi emasku?! Qishloqqa kirib borgunimizcha, boshimizgacha changga botdik, qiziq yog‘ingarchilik damlarda qishloq aholisi bu ko‘chalarda qanday harakatlanar ekan?

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Maqola e’lon qilingach, “Adolat” partiyasi vakillari ham chempionning uyiga tashrif buyurishgan. Sharoitini o‘nglashga yordam berishni va’da qilishgan. Mutasaddilarimizning eng qoyillatgan ishlari, bu – va’da berish, shunday emasmi?..

    Shuningdek, Lobar Rahimova tuman markazidan uy-joyga ega bo‘lish uchun ro‘yxatga kiritilgan. Ro‘yxatga ko‘ra, Doniyorning oilasi uylik bo‘lguncha u yana qancha qishlarni shu qurtlagan tom ostida o‘tkazarkan?

    Chempion dars qilish o‘rniga ishlamoqda

    Ba’zi bir internet saytlarida Doniyorning non sexida ishlab yurgani yolg‘onligi aytilgan. Biroq, Doniyorning onasi o‘g‘lining tengdoshlari matematika bo‘yicha chempionatlarga qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘rganda, uning o‘g‘li bir-ikki so‘m topish uchun sexda ishlaganini aytadi. U non sexida ishlaganmi yoki daftarmi buning bizga ahamiyati yo‘q. Muhimi, iqtidor egasi bo‘lgan yosh o‘spirin ilm olishi lozim bo‘lgan davrida o‘qish-o‘rganishga vaqt ajratolmay, o‘ziga o‘quv-qurollari olish uchun sexda ishlab kelgan. Bizning-cha, Doniyor kabi qobiliyatli bolalarga alohida sharoit yaratish kerak. Balki u kelajakda O‘zbekiston va butun dunyoda ahamiyatli bo‘lgan kashfiyotlar qilsa, ajab emas.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    AQShda foydasiz bo‘lgan ixtirolar uchun ham mablag‘ sarflanaveradi, chunki ulardan biron naf bo‘lishi ehtimoli bor. Biz esa kelajakda meva berishi aniq bo‘lgan iqtidorli yoshlari, zamonamizning al-Xorazmiylari uchun pulni qizg‘anamizmi?

    Yoshlar Ittifoqi vakillari ham kelib ketdi...

    O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Buxoro viloyati Qorako‘l tumani vakili bu uyga tashrif buyurgan va ularning muammolari bilan qiziqqan. U viloyatdan hokimlik vakillari kelishini, ular Doniyor bilan uchrashish istagida ekanligini bildirgan. Doniyorning onasi o‘g‘lini ushbu uchrashuvga jo‘natishga ham pul topa olmaganini aytadi.

    “Qishlog‘imizdan tuman markazigacha 10 ming so‘m taksi puli qilishga mablag‘im yo‘q. Ammo ularga shunday deyishga or qildim. Nima qilay, bor bo‘lsa, o‘z farzandimdan qizg‘anmayman-ku”, deydi ona.

     

    Biz Respublika Yoshlar Ittifoqining matbuot xizmati bilan bog‘landik. Ular Qorako‘l tumaniga “taqdimnoma” jo‘natganlarini va ayni damda u yerdagi vaziyat o‘rganilayotganini aytishdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shu bilan birga, Yoshlar ittifoqi vakili bizga shunday iddao qildi: “har qanday qiyinchilikda qolgan iqtidorli bolani ommaga olib chiqib, bunda bizni befarqlikda ayblashingiz noo‘rin. Biz shaxsan Prezidentning tashabbusi va farmoni bilan ochilgan tashkilotmiz. Bizni tashkilotni omma oldida bunday obro‘sizlantirishingiz noto‘g‘ri”.

    Yoshlar ittifoqi vakilining gaplariga nisbatan munosabatimiz shunday. Avvalambor, tashkilotlar obro‘ uchun emas, natija uchun kurashishi kerak.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida Yoshlar ittifoqning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan shunday band bor.

    “Yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish”.

    Ushbu ustuvor yo‘nalishni unutgan ittifoq vakillariga tadbirbozlikdan chekinib, Qoraun qishlog‘idagi matematika bo‘yicha xalqaro chempionatlar g‘olibi bo‘lgan Doniyor Ismoilovning bir kulbada yashayotganidan tezroq xabar olishni tavsiya etamiz. Sizdan avval xorijliklar Ulug‘bek-u, al-Xorazmiylarimizni olib ketib qolishmasin.

    Mavzuga doir: Matematikadan xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan buxorolik o‘quvchi hech kimga kerak emasmi?

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yangi yuk tashuvchi transportlar utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

    Bugun, 09:54

    O‘qish, ish va dam olish uchun Epson proyektorlari

    Bugun, 09:00
    Reklama

    Buxoroda pul evaziga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

    Bugun, 09:48

    Roli uchun tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirishdan qo‘rqmagan aktyor va aktrisalar (foto)

    Bugun, 09:40

    Burkina-Fasoda yana davlat to‘ntarishiga urinish yuz berdi

    Bugun, 09:23

    “Portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi” — Shavkat Umurzoqov

    Bugun, 09:14

    “Vaziyat to‘liq nazoratga olingan” — Toshkent hokimligi Sergelidagi portlash haqida

    Bugun, 09:02

    Laziz Qudratov OIIB boshqaruv kengashi raisi etib saylandi

    Bugun, 08:46

    O‘zbekiston General Electric kompaniyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi

    Bugun, 08:28

    Sergelidagi omborxonada kuchli portlash ro‘y berdi: jarohatlanganlar bor (video)

    Bugun, 06:41

    Angliya Liga Kubogi. “Nyukasl” “Manchester Siti”ni musobaqadan chiqarib yubordi, “Liverpul”da ishonchli, “Arsenal” va “Chelsi”da minimal g‘alabalar

    Bugun, 01:59

    Tavsiya etamiz

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    “Baqqol qizining buyuk merosi”. Britaniya tarixidagi ilk ayol bosh vazir va mamlakatni iqtisodiy tanglikdan olib chiqqan Margaret Tetcher hayoti

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023

    Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Ulug‘bek Otajonov, Sherali Jo‘rayev haqqiga duo qilgan Botir Qodirov, turkiyalik oshpazga Mercedes sovg‘a qilgan o‘zbekistonlik

    22:00 / 27.09.2023

    “Ular qirg‘iz va o‘zbeklar o‘rtasida nifoq solishni ko‘zlagan” — Sadir Japarov

    18:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.