AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 2019 yil boshida bo‘lib o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
“Uchrashuvning yangi yil boshidagi qaysidir vaqtda o‘tkazilishi ehtimoli bor”, — dedi AQSh prezidenti ma’muriyati vakili Associated Press va Reuters agentliklariga bergan axborotida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi bilan navbatdagi uchrashuvi 6-noyabrga rejalashtirilgan AQSh Kongressiga oraliq saylovlardan so‘ng bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. Tramp hozir AQShni tark etishga “umuman vaqti yo‘q”ligini bildirgandi.
AQSh va KXDR o‘rtasidagi ilk tarixiy sammiti 2018-yil iyunida Singapurda bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)