Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining yana bir kompaniyasi - The Boring Company’ning birinchi tunneli qachon ochilishini ma’lum qildi. Bu haqda uning Twitter’dagi sahifasiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Birinchi tunnel deyarli tayyor. 10-dekabrda ochiladi”, — deya yozgan Mask.
Qayd etilishicha, gap Xotorn—Los-Anjeles yonidagi, xuddi shu nomdagi okrugda joylashgan tunnel haqida ketmoqda.
Maskning fikriga ko‘ra, The Boring Company tomonidan burg‘ilanayotgan, Amerikaning yirik shaharlari ostidagi tunnellar avtomobilchilarga tezroq va tirbandliklarsiz harakatlanish imkonini beradi.
Ushbu tunnelda o‘rtacha harakatlanish tezligi soatiga 240 kilometrni tashkil etadi. Loop poyezdining bitta kapsulasiga 16 kishi joylasha oladi, chipta narxi esa bir dollarni tashkil etadi. Taxmin qilinishicha, ushbu loyiha butun shahar bo‘ylab quriladigan tunnel tarmog‘ining shohbekati hisoblanadi.
Quyida vakuum poyezdining loyihasi suratlari keltiriladi.
Izoh (0)