Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida 19-oktabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashagan D.H. o‘zining Matiz rusumli avtomashinasida M34 avtomobil yo‘lining 96-kilometrida o‘zidan oldindagi, R.Sh. boshqaruvidagi “Libero” avtomashinasiga borib urilgan.
“Natijada Matiz haydovchisi D.H. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan”, — deyiladi IIV xabarida.
Vazirlikdan qo‘shimcha qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)