• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijondagi jamoat joylarida tashkil etilgan kutubxonalarning bugungi ahvoli qanday? (foto)

    Shu yilning yozida Andijonda viloyat hokimi tashabbusi bilan jamoat joylari, tashkilot va korxonalar yonida, xiyobonlarda ixcham ko‘cha kutubxonalari tashkil etilgan edi. Jurnalist Mirolim Isajonov mazkur mo‘jaz ziyo javonlarining bugungi faoliyati va ularga nisbatan aholining fikr-mulohazalari qandayligiga qiziqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Iyun oyining o‘rtalarida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning tashabbusi bilan viloyat “yuragi” – Andijon shahri va tuman markazlarida o‘nlab bepul kutubxonalar tashkil etilgani ijtimoiy tarmoqlar hamda internet nashrlarida ovoza bo‘lib, katta shov-shuvlarni keltirib chiqargandi. Hokim buvaning mazkur hayrli ishi mamlakatning boshqa hech bir hududida shu paytga qadar amalga oshirilmaganligi va ko‘chalardagi kitob javonlari yangilik sifatida ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otganini alohida qayd etish joiz. Bu esa yurtimizda shaxsan davlatimiz rahbari boshchiligida kitob targ‘iboti va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida izchil islohotlar olib borilayotgan bir paytda kitobxonlar safini kengaytirishning qulay va qiziqarli usulidir.

    Xo‘sh bugun davlat va jamoat tashkilotlari binosi yonida, hiyobonlar va ko‘cha-ko‘ylarda tashkil etilgan mazkur kichik kutubxonalarga andijonliklarning munosabati qanday? Ular kitob javonlari faoliyatidan qoniqayaptimi? Kitob javonlarning bugungi hozirgi ahvoli qanday? Kuzatuvimiz davomida shu va boshqa savollarga javob topishga harakat qildik.

    Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosi yonidagi kitob javonining tashqi ko‘rinishi har bir insonni beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Ammo uning ichidagi manzaraga ko‘z yugurtirgan kitobxonning hafsalasi pir bo‘lishi shubhasiz. Negaki, bu yerdagi deyarli barcha kitoblar rus tilida bo‘lib, ularning hammasi tibbiyot sohasiga oid manbalardir. Ochig‘i, bu bilan odamlarni kitobga jalb qilish juda qiyin. Bu yerda badiiy kitob o‘qish niyatidagi o‘quvchilarda ishtiyoq uyg‘otish, jalb qilish maqsadida o‘zbek va jahon adabiyoti vakillari asarlaridan ham namunalar joylashtirib qo‘yilsa, nur ustiga nur bo‘lardi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mutasaddilari tomonidan tashkil etilgan javonda ham yuqoridagi holatni kuzatish mumkin. Ta’lim sohasiga taalluqli turli qo‘llanma va jurnallarning “savlat” to‘kib turganinin ko‘rib, hayron qolasan kishi. Bu javon ham go‘yo xo‘jako‘rsinga o‘rnatilgandek.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi binosi yonidagi kitob javonining shinamligi, nodir kitoblarga boyligi bizni behad quvontirdi. Ammo uning qulf holatda turganligini ko‘rgach, shodligimiz uzoqqa cho‘zilmadi. Bu manzaradan ajablandik. Ushbu javon muzeylarda tomosha qilsa bo‘ladiyu, biroq qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan eksponatlarni yodimizga soldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Shahardagi 1-maktabda o‘qiyman. Har kuni shu kitob javoni oldidan o‘taman. Ko‘pincha berk bo‘ladi. Kitoblarga qarab-qarab qo‘yaman, ammo olib o‘qishning iloji yo‘q”, - deydi Aziz ismli bola.

    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali binosiga kiraverishda qad rostlab turgan javonning holatini ko‘rib, kulishni ham, kuyishni ham bilmay qoldik, ochig‘i. Boisi bu yerda tibbiyot sohasiga oid ma’lumotlar aks etgan qog‘ozlardan boshqa birorta ham kitob yo‘q. Nazarimizda, mazkur javonga fuqarolar bir yoqda tursin, hatto markaz rahbariyu xodimlarining ham rahmi kelib, ichi achishmaydi. Agarda ular sal e’tiborli bo‘lganida bugun ushbu javon yalang‘och ko‘rinishda emas, aksincha bag‘ri to‘la kitob holatda o‘quvchilarni shod etayotgan bo‘lardi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mutasaddilarining ham viloyat hokimining tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, ikki dona javon tashkil etgani kitobxonlar sonini oshirishga xizmat qilayotganiga guvoh bo‘ldik. Ammo javonlarning birida 10 donacha kitobning borligi ushbu tashkilot xodimlari bu borada yanada faol bo‘lishlaridan darak berayotganini sezish qiyin emas.

    Alisher Navoiy nomidagi viloyat madaniyat va istirohat bog‘iga kiraverishdagi javonning ochiq holatda turganini biror marta ko‘rgan emasmiz. Bu gal ham shu manzara ustidan chiqdik. Uning ichiga boqqan yoshu keksalar ham biz singari bir yutinib qo‘yishi aniq. Axir bunday bebaho asarlar qaysi kitobxon e’tiborini tortib, unda o‘qish istagini tug‘dirmaydi deysiz?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Soat kechki 16:30 bo‘lishiga qaramay, Bobur nomli viloyat drama teatri oldida joylashgan favvora yonidagi kutubxona o‘quvchilar bilan gavjum ekanligi kayfiyatimizni ko‘tarib yubordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Har kuni bittadan xodimimiz ertalab 08:00 dan kechki 17:00 gacha shu yerda o‘tirib, kitoblarni nazorat qilib boradi. Yoz kunlarida tungi 21:00 gacha faoliyat ko‘rsatdik. Kuniga o‘rtacha 40 nafar yurtdoshiz kelib, mana bu o‘rindiqlarda o‘tirib, sevimli asarini mutolaa qilishadi yoki uylariga olib ketib, o‘qib bo‘lishgach, yana qaytarib berishadi. Yangi o‘quvchilar soni har kuni 10 nafarga ortmoqda. Maktab o‘quvchilaridan tashqari shu atrofdagi mahalla ahli, asosan, uy bekalari, nuroniylar ham a’zo bo‘lishyapti. Izboskan, Baliqchi, Bo‘z singari tumanlardan ham kitobga oshno insonlar tez-tez kelib turishadi. Hattoki ko‘pchilik uyidagi ortiqcha kitoblarini sovg‘a tariqasida tuhfa etishib, fondimizni boyitishda savobli ishlarga qo‘l urishmoqda”, - deydi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat axborot resurs markazi xodimi Odinaxon Yo‘ldosheva.

    “Hokimimizning bu g‘oyasidan juda xursandmiz. Avvallari kitoblarni do‘konlardan xarid qilardik. Bu loyiha ishga tushganidan keyin har hafta shu yerga kelib, 4-5 ta yaxshi asarlardan olib ketaman. Mendan tashqari oila a’zolarim, qo‘shnilarim ham mutolaa qilishgach, kelib yana boshqasiga alshamtiraman”, - deydi “Navro‘z” MFY fuqarosi Odinaxon Hamidova.

    Hozir Habib Siddiqning “O‘raga sichqon tushdi” nomli kitobini oldim. Sinfdoshim Amirxon esa Andersenning hikoyalar to‘plamini tanladi. Boshqa o‘rtoqlarim bilan ham tez-tez kelib turamiz”, - deydi 30-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Muhammadali Amanboyev.

    Shahar markazidagi 1-, 24-umumta’lim maktablari jamoalari boshchiligida tashkil etilgan kitob javonlari ham bizda yaxshi taassurot qoldirdi.

    Bugun “O‘zavtotrans” agentligi Andijon viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan 10 kvadrat metr maydonda qurilgan kutubxona yuzlab kitobsevarlar e’tiborini qozongani ko‘pchilikka ma’lum. Mazkur haqiqiy ziyo maskani 24 soat davomida xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, kunning barcha vaqtida tashrif buyurish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hokim tashabbusini amalga oshirishniyatida kutubxona qurdirayotgan paytimiz ‘Odamlar o‘zi bu yerga kelib, kitob olib, o‘qisharmikin?’, degan savol tug‘ilgani rost. Kutubxona bitib, ishga tushgach, o‘quvchilar soni kun sayin ortgani va ikkilanishlarimizning aksini ko‘rib, quvondik. Ayni paytda 2 mingta kitobimiz bor. Shu kunlarda yana 600 dona yangi kitob olib kelishni rejalashtiryapmiz. Bilasizmi, bunday hayrli ishlarni amalga oshirsa, ijobiy natijaga erishish mumkin ekan. Odamlar ham kitob o‘qishga qiziqarkan. Kun davomida 30 nafar atrofida kitobsevarlar kelib, xohlagan asarini tanlashadi va kitobxonlar ro‘yxati qayd etiladigan daftarga o‘zi haqida qisqa ma’lumotniyozib, olib ketishadi va uzog‘i 15 kunda mutolaa qilgach, qaytarib berishadi. Hozir bepul wi-fi tashkil etishni ham mo‘ljallayapmiz”, - deydi “O‘zavtotrans” agentligi Andijon viloyati boshqarmasi rahbari O‘tkirbek Mashrapov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    - Ushbu kutubxonada haftada ikki-uch marta kelaman, - deydi Andijon davlat universiteti talabasi Fayzullo Yahyoyev. – Ochilganidan buyon doimiy o‘quvchilar safidan joy oldim. “Yosh kitobxon” tanloviga tayyorgarlik ko‘rayotganim bois kitob do‘konlarida qimmat narxda sotilayotgan kitoblarni ham ayna shu yerdan topib, o‘qiyapman. Jahon adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy-ma’rifiy adabiyotlar, o‘zbek she’riyati, o‘zbek klassik va zamonaviy romanchiligi, turli ensiklopediyalar va texnik adabiyotlarning mavjudligidan mamnunmiz.

    Ushbu kutubxona faoliyatiga chin ma’noda havas qilsa arziydi. Ayniqsa, kitob do‘konlarida sotilayotgan qimmat narxdagi adabiyotlarning borligi har qanday yoshdagi o‘quvchida mutolaaga ishtiyoq paydo qiladi. Mazkur tashkilot Andijon shahridagi boshqa ko‘cha kutubxonalariga ham ko‘plab kitoblar ulashgani, o‘quvchilar safi oshishida faollik ko‘rsatgani viloyat hokimi tomonidan munosib e’tirof etilib, Prezident sovag‘i - “Spark” avtomashinasi bilan taqdirlangani judayam quvonarlidir.

    Yuqorida nomlari zikr etilib, hokim tashabbusini nomigagina bajarayotgan tashkilotlar ham “O‘zavtotrans” agentligi Andijon viloyati boshqarmasi jamoasidan ibrat olishsa, viloyatda kitobxonlar safi tobora ortishiga hissa qo‘shishgan bo‘lardi. Zero, bunday ko‘cha kutubxonalarini tashkil etishdan maqsad - aholini kitob o‘qishga qiziqtirish, qolaversa, o‘z o‘quvchisini kutib yotgan asarlardan boshqalarni ham bahramand qilib, ziyo ulashishdir.

    Biz mavzuga yana qaytamiz...

    20.10.2018, 16:52   Izoh (0)   19834
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda haydovchilar malakasini oshirish bilan bog‘liq qonun loyihasining kuchga kirishi uch oyga kechiktirildi

    20.10.2018, 16:10

    Sog‘liqni saqlash vazirligi tug‘ruqxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytiradi

    20.10.2018, 15:38

    Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Rustam To‘xtaboyev 61 yoshida vafot etdi

    20.10.2018, 13:18

    O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi tarifi 10 foizga qimmatlaydi

    20.10.2018, 11:57

    Toshkentda ilk mehmon uyi ochildi

    20.10.2018, 10:45

    O‘zbekistonda kelgusi oydan benzin narxi ham ko‘tariladi

    20.10.2018, 10:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.