“Vneshekonombank” va Milliy bank 200 million dollar miqdoridagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Tomonlar Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlarini yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalarini moliyalashtirishda o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklik to‘g‘risida kelishib oldi.
Ajratiladigan kredit mablag‘lari O‘zbekistonda shahar infrasturkurasini yaxshilash, energiyani tejash va samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarga sarflanadi. Ular orasida Toshkentda yo‘llarni tartibga keltirish va jamoat transportini yangilash loyihasi ham bor.
Izoh (0)