O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari 20-oktabr kuni Turkiston viloyati (Qozog‘iston)ning Sariog‘och shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Nursultan Nazarboyev savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashgan. Shuningdek, uchala davlatning MDH va boshqa xalqaro tuzilmalardagi hamkorligi muhokama qilingan.
Izoh (0)