AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin noyabr oyida Parij va Buenos-Ayresda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin. Bu haqda, AQSh prezidenti ma’muriyatiga asoslanib, Bloomberg va “TASS” agentliklari xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 30-noyabr — 1-dekabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda G20 sammiti bo‘lib o‘tadi, 11-noyabr kuni esa Parijda Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tadi.
AQSh va Rossiya prezidentlarining ilk to‘liq formatli ikki tomonlama uchrashuvi 16-iyul kuni Finlyandiya poytaxti Xelsinkida bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)